U endi "Barsa"ga kerak emas
Ispaniyalik vinger Adama Traore "Vulverxempton"ga qaytdi.
O‘tgan mavsum qishda "Barselona"ga ijara asosida kelib qo‘shilgan Traore APL klubiga qaytdi. "Ko‘k-anorranglilar" uni 30 million evro evaziga o‘z safiga qo‘shib olish optsiyasini faollashtirmadi.
Eslatib o‘tamiz, qishda unga "Tottenxem" ham jiddiy qiziqish bildirayotgandi, ammo u maoshi kam bo‘lsa ham "Barselona"ni tanlagandi.
U o‘tgan mavsum Kataloniya klubi safida jami 16 ta uchrashuvda ishtirok etib, 4 ta assist muallifiga aylandi.



Fikrlar