
U bir qarorga kelishi kerak
“Bayer” tarkibida ajoyib o‘yinlari bilan grand klublar e’tiboriga tushgan Leon Beyli Angliya premer-ligasi jamoalaridan birini tanlashi kerak.
Yamaykalik yarim himoyachiga Joze Mourino ham jiddiy qiziqish bildirmoqda. Portugaliyalik mutaxassis 23 yoshli Beyli Lukas Moura o‘rnini bosishiga ishonmoqda.
Shuningdek, “Everton” hozirning o‘zida “Bayer” etakchisi uchun 30 million evro to‘lashga tayyorligini ma’lum qilgan.
Joriy mavsumda Beyli Bundesligada 22 marta maydonga tushdi va beshta gol urib, uchta golli pas uzatdi. Beyli sifatli o‘yini bilan ajralib turadi.
Fikrlar