
U Aleksandr Usikka tan berdi!
Og‘ir vazn toifasidagi bokschi Jo Joys yaqinda bo‘lib o‘tgan Tayson Fyuri va Aleksandr Usik o‘rtasidagi jang haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Joys Boxing Social bilan suhbatda bahsning shiddati va uning hal qiluvchi daqiqalarini eslab o‘tdi:
"Usikni tabriklayman, yaxshi jang bo‘ldi. Menimcha, Fyuri g‘alabaga yaqin edi, ammo 9 raunddagi voqealik Fyurining mag‘lubiyatida hal qiluvchi rol o‘ynadi" - dedi Jo.
Usikning karerasi haqida gapirar ekan, Joys katta hayrat bildirdi va Usikning havaskor va professional sifatidagi tajribasini tilga oldi:
"Usikka qoyil qolmaslikning iloji yo‘q. U nimalarga erishganiga qarang", – dedi Joys.
Shuningdek, Joys(16-2, 15 KO) iyul oyiga mo‘ljallangan Derek Chisora(34-13, 23 KO) bilan bo‘lajak jang rejalari haqida gapirdi. U hazil aralash "G‘alabani mashhur salto bilan nishonlayman", deb aytdi.
Fikrlar