U alam ustida "Barsa"ga o‘tishi mumkin
Hujumchi Per-Emerik Obameyang "Arsenal" klubini tark etishi mumkin. Bu haqda "Diario Sport" nashri xabar bermoqda.
32 yoshli futbolchiga "Barselona" qiziqish bildirmoqda. Ayni vaqtda gabonlik futbolchining amaldagi jamoasi bilan aloqalari yomonlashgan.
"Ko‘k-anorranglilar" uchun Obameyang hujumni kuchaytirish uchun nomzodlardan biri hisoblanadi. Klub, shuningdek, Timo Verner ("Chelsi") va Edinson Kavani ("Manchester Yunayted") kabi variantlarni ko‘rib chiqmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 32 yoshli forvard bu mavsum APL doirasida 14 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4 ta gol yozdirib qo‘ygan.



Fikrlar