
U-23. O‘zbekiston ikkinchi o‘yinda Qatarni mag‘lub qildi
Qatar va O‘zbekistonning U-23 terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik o‘yinida vakillarimiz 1:2 hisobida zafar quchdi.
Dastlab, Odilov hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi taym boshida mezbonlar imkoniyatlarni tenglashtirdi. Oradan ko‘p o‘tmay Norchaev g‘alaba golini urdi.
Eslatib o‘tamiz, birinchi uchrashuvda tomonlar durangga imzo chekkandi.
Fikrlar