
U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston - Saudiya Arabistoni uchrashuvini iordaniyalik hakam boshqaradi, u ishlagan bahslarda o‘zbek jamoalari hali yutqazmagan!
Xabaringiz bor, Qatar yashil maydonlarida o‘tkazilayotgan U-23 Osiyo kubogining chorak finalida vakillarimiz O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi hamda Saudiya Arabistoni terma jamoalari o‘zaro kuch sinashadi.
Mazkur o‘yinda ishlaydigan rasmiylar nomi e’lon qilindi. O‘zbekiston — Saudiya Arabistoni uchrashuvini Ahmed Faisal al Ali boshqaradi. Ahamiyatlisi, iordaniyalik referi boshqargan uchrashuvda o‘zbek jamoalari hali yutqazmagan!
Eslatib o‘tamiz, mazkur bahs bugun Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da start oladi.
Fikrlar