U-17 jamoamiz darvozaboni Frantsiyaga qarshi o‘yin haqida fikr bildirdi

  • 24 noyabr, 2023, 19:58
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi darvozaboni Muhammadyusuf Sobirov Frantsiyaga qarshi uchrashuv oldidan jurnalistlarning savollariga javob berib o‘tdi: 

Tecno

— Frantsiyaga qarshi o‘yin haqida

Assalomu alaykum, barchaga. Biz ertangi uchrashuvga tayyormiz. Barcha jamoadoshlarim Angliyaga qarshi uchrashuvdagi kabi birdam bo‘lib, ertangi bahsni o‘z foydamizga hal qilish niyatidamiz. Xudo xohlasa, yarim final yo‘llanmasiga ega chiqib, yangi tarix yozishni maqsad qilyapmiz.

— Tiklanish jarayoni haqida

Murabbiylarimiz Angliya qarshi o‘yin tugashi bilanoq tiklanish jarayonini boshlab yuborishgandi. G‘alaba qozonganimiz yaxshi, lekin shu bilan berilib, keyingi o‘yinga tayyorgarlikni unutmaslik kerakligini tushuntirishdi. Qisqa muddatda bosqichma-bosqich tiklanish mashqlari ustida ishlab bordik. Barcha jamoadoshlarim ertangi uchrashuvga tayyor.

— O‘yin penaltilar seriyasiga borishi mumkinmi va shaxsan o‘zingiz ham tayyorgarlik ko‘ryapsizmi?

Futbolda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Biz har qanday holatga ham tayyorgarlik ko‘ryapmiz.

— Murabbiyning ko‘rsatmalari haqida

Mashg‘ulotlar davomida bosh murabbiyimiz qo‘l ostida shug‘ullanyapmiz. Ertaga tribunada bo‘lsa ham bevosita o‘yinda ishtirok etadilar. Shu sababli bu bizga u qadar katta muammo tug‘dirmaydi, deb o‘ylayman. Xudo xohlasa, ertaga o‘yinda g‘alaba qozonib, Jamoliddin akani ham xursand qilmoqchimiz.

Shu fursatdan foydalanib bizni qo‘llab-quvvatlab turgan barcha vatandoshlarimizga rahmat aytmoqchiman.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!