U-16 O‘zbekiston terma jamoasi mashg‘ulotlarni boshladi

  • 3 dekabr, 2020, 13:06
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo chempionatiga tayyorgarlik olib borayotgan U-16 O‘zbekiston terma jamoasi uchun 2-9 dekabr kunlari o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini tashkil etilmoqda. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

Toshkentda joylashgan “Chig‘atoy” bazasiga yig‘ilgan futbolchilarimiz kecha dastlabki mashg‘ulotlarni o‘tkazdi.

Bugundan Olim Shokirov murabbiyligi ostidagi o‘smirlar terma jamoamizning umumiy guruh mashg‘ulotlariga start beriladi. Yig‘in doirasida ikkita o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Mazkur mashg‘ulotlarga murabbiylar shtabi 25 nafar futbolchini jalb etgan.

Yig‘inga chaqiruv olgan futbolchilar ro‘yxati:
1. Najafaliev Bayram
2. Jo‘rabekov Samandar
3. Musulmonov Atham
4. Baxtiyorov Javohir
5. Abdurazoqov Mirkamol
6. Todorov Kiril
7. To‘xtasinov Tohir
8. O‘rozov Jahongir
9. Poyonov Sunnat
10. Husanov Abduqodir
11. Qoxorjonov Asad
12. Habibullaev Nodir
13. Usmonov Muxammadali
14. Xayrullaev Alisher
15. Islamov Rian
16. Beglarxanov Asad
17. O‘rinboev Muhammadali
18. Jumaxonov Po‘lat
19. Pazildinov Muhriddin
20. Akbaraliev Shahzod
21. Akramov Shahzod
22. Asomiddinov Diyorbek
23. Hakimov Aziz
24. Hojiboev Sardor
25. Turdimurodov Rustam

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!