U-14 O‘zbekiston chempionati. Andijon BO‘FMA “SGS” - Namangan BO‘FMA (fotoreportaj)
Bugun U-14 O‘zbekiston chempionatining G‘arb mintaqasi 3-turidan o‘rin olgan Andijon viloyat futbol akademiyasning “SGS” U-14 jamoasi Namangan viloyat bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasining U-14 jamoasiga qarshi bahs olib bordi.
Qiziqarli va murosasiz ruhda kechgan uchrashuv 2:0 hisobida “SGS” U-14 jamoasining ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi. E’tiborlisi, mezbonlarning har ikkala goliga Zayniddin Hamroboev mualliflik qildi.
Endi, murabbiy Shoxruh Ishanov boshchiligidagi “SGS” U-14 jamoasi 4-turni safarda Jizzax bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasining U-14 jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

























Fikrlar