
Tuxelni hayratga solgan o‘yinchi “Chelsi”ga keladi
Taniqli jurnalist Jeykob Steynberg “Chelsi” mavsum boshida ijaraga jo‘natib yuborgan Konor Gallaxer Angliya premer-ligasidagi o‘yinlari bilan “aristokratlar” bosh murabbiyi Tomas Tuxelni hayratga solganini ma’lum qildi.
Germaniyalik mutaxassis yosh o‘yinchini yozda klubga qaytaradi va asosiy tarkibga jalb qiladigan bo‘ldi.
Konor Gallaxer qisqa fursatda “Kristall Pelas” etakchisiga aylandi va Angliya terma jamoasidan chorlov oldi. Ayni paytda “Kristall Pelas” va premer-liganing bir necha klublari Konorning transfer huquqini “Chelsi”dan to‘liq sotib olishga harakat boshlagan.
Shunga qaramay, “Chelsi” o‘z tarbiyalanuvchisini saqlab qolmoqchi. Bu borada Gallaxerning maqsadi klubniki bilan mushtarak. Yosh o‘yinchi asosiy jamoaga qo‘shilishni istayapti.
Gallaxer joriy mavsumda premer-liganing 19 ta uchrashuvida raqiblar darvozasini etti marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga uchta golli pas oshirdi.
Fikrlar