
Tuxel yangi jamoasiga ikkita o‘yinchi tanladi
“Bavariya” bosh murabbiyiga aylangan Tomas Tuxel tarkibni o‘zi yaxshi bilan futbolchilar bilan kuchaytirishga kirishdi.
Germaniyalik mutaxassis birinchilardan bo‘lib darvozabon masalasini hal qiladi. Ana shu maqsadda Tuxel “Chelsi”dan Eduar Mendini olib kelmoqchi. Aynan mana shu darvozabon Tuxelga “Chelsi”ni Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishiga katta yordam bergan.
Ayni paytda Mendi asosiy tarkibdagi joyini yo‘qotgan. Shu bois, “Chelsi” 31 yoshli posbonni qo‘yib yuborish ehtimoli katta.
Nishondagi ikkinchi futbolchi yarim himoyachi Mateo Kovachichdir. Bu futbolchi ham “aristokratlar” sharafini himoya qilib kelmoqda. 28 yoshli xorvatiyalik futbolchining londonliklar bilan shartnomasi 2024 yilning yozigacha tuzilgan.
Fikrlar