Tuxel: Xavi uni qadrlamadi, biz olishga tayyormiz!

  • 10 yanvar, 2022, 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” bosh murabbiyi Tomas tuxel o‘z jamoasiga “Barselona” himoyachisi Serjino Destni qo‘shib olishga tayyor.

Tecno

Kataloniyaliklar ustozi Xavi Ernandes avvalgi murabbiy Ronald Kuman tanlagan o‘yinchilarning aksariyatida voz kechmoqchi va ular orasida amerikalik futbolchi ham bor.

“Chelsi” murabbiylar shtabi Dest jamoaning nozik nuqtasi hisoblangan o‘ng qanot himoyasini kuchaytirishiga ishonmoqda va yanvar oyidayoq uni Londonga olib kelishga tayyor.

Tomas Tuxel Destni ijaraga olmasdan, to‘liq transfer qilishni so‘rayotgani germaniyalik mutaxassisning amerikalik futbolchiga ishonchi baland ekanini ko‘rsatadi.

Moliyaviy inqirozdan chiqishga urinayotgan “Barselona” mutasaddilari Xaviga kerak bo‘lmay qolgan Destni 20 million evroga qo‘yib yuborishga rozi ekanini ma’lum qilindi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!