Tuxel Verner nega o‘zini ko‘rsata olmayotgani haqida: Bunga biz aybdormiz

  • 28 fevral, 2021, 13:24
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel hujumchi Timo Vernerning “aristokratlar” safiga ko‘chib o‘tganidan so‘ng o‘zini maksimal darajada ko‘rsata olmayotgani haqida gapirdi.

Tecno

“Balki bu bizning aybimizdir. Bizda to‘pga egalik qilish juda ko‘p va raqibni chuqur pressingga majbur qilamiz, shu sababli Vernerga joy yo‘q. Timoning asosiy vazifasi hujumda bo‘sh joyni xosil qilishdan iborat, shuning uchun bizning dominand futbolimiz uning o‘yin uslubiga to‘sqinlik qilayotgan bo‘lishi mumkin.

Verner o‘ziga bo‘lgan ishonchni saqlab qolishi va jamoa bilan ishlashda davom etishi kerak. Biz ham o‘z navbatida uning ustida juda ko‘p ishlaymiz. Hozir unga oson emas, men buni ko‘ryapman, lekin uning imkoniyatlariga, xarakteriga va gol urish qobiliyatiga ishonaman”, - dedi germaniyalik mutaxassis.

Timo Verner joriy mavsum “Chelsi” safida jami 32 ta o‘yinda maydonga tushdi va 9 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!