
Tuxel Ronalduning transferiga munosabat bildirdi
“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronalduning “Chelsi”ga o‘tishi haqida ko‘p xabar tarqatilmoqda.
“Aristokartlar” bosh murabbiyi Tomas Tuxel bunga munosabat bildirdi.
- Albatta, men jamoaga yana bitta zo‘r hujumchi kerak ekanini inkor qila olmayman. Lekin ayni paytda bizni boshqa muhim masala bezovta qilyapti. Hozir eng dolzarb mavzu jamoamiz uchun himoyachilar zarurligidir. Buni hamma ko‘rib turibdi. Biz eng zo‘r o‘yinchilarimizdan ayrildik, endi ularning o‘rnini to‘ldirish kerak, - dedi 48 yoshli Tomas Tuxel.
Ronaldu masalasi esa hamon ochiqligicha qolmoqda. O‘tgan mavsumda manchesterliklar safida 38 ta uchrashuvda 24 ta to‘p kiritgan portugaliyalik yulduz Chempionlar ligasida ishtirok etadigan jamoaga o‘tmoqchi.
“Manchester Yunayted”ning yangi bosh murabbiyi Erik ten Xag Ronaldu kelasi mavsumda ham jamoada qolishini ta’kidladi.
Fikrlar