
Tuxel murabbiylik faoliyati davomida hali yarim finallarda mag‘lub bo‘lmagan
"Chelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel yarim finallarda ishtirok etish borasida ajoyib natija qayd etgani ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, germaniyalik mutaxassis murabbiylik faoliyati mobaynida final ostonasida mag‘lubiyatga uchramagan.
Uning qo‘l ostidagi jamoalar 9 marotaba yarim finallarda ishtirok etgan. Ushbu 9 yarim finalning barchasida uning jamoalari g‘alaba qozongan.
Eslatib o‘tamiz, birozdan so‘ng Tuxel bosh murabbiylik qilayotgan "Chelsi" Angliya kubogi yarim final bosqichidan o‘rin olgan bahsda "Kristal Pelas"ga qarshi maydonga tushadi. Mazkur uchrashuv 20:30da start oladi.
Fikrlar