
Tuxel "Chelsi" muxlislariga xayrlashuv xatini yozdi
"Chelsi"ning sobiq bosh murabbiyi Tomas Tuxel "Chelsi"dan iste’foga chiqarilganidan so‘ng klub muxlislariga va rahbariyatga xayrlashuv xatini yozdi.
Tuxel Chempionlar ligasida Zagrebning "Dinamo" jamoasiga mag‘lub bo‘lganidan keyin lavozimidan ozod qilindi.
“Bu men yozishim kerak bo‘lgan eng qiyin xayrlashuv xatlaridan biri, lekin ko‘p yillar davomida jamoada ishlayman deb o‘ylagandim. “Chelsi”dagi faoliyatim yakunlanganidan xafaman.
Men bu klubda o‘zimning uydimdagidek his qilardim. Meni boshidanoq yaxshi qabul qilgan barcha xodimlarga, futbolchilarga va muxlislarga katta rahmat.
Jamoaga Chempionlar ligasi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘alaba qozonganimizdagi xursandchilik men bilan abadiy qoladi. Bu klub tarixining bir qismi bo‘lishdan faxrlanaman va o‘tgan 19 oylik xotiralar qalbimda doimo alohida o‘rin tutadi", - deb yozdi Tuxel ijtimoiy tarmoqda.
Fikrlar