Tuxel bu jamoaga o‘tishga qiziqib qoldi

  • 21 mart, 2022, 18:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel mavsum yakunlangach, “Manchester Yunayted”ning taklfini ko‘rib chiqishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda Athletic nashri xabar tarqatdi.

Tecno

Ushbu xabarda yozilishicha, manchesterliklar “Chelsi” atrofidagi vaziyatni sinchkovlik bilan kuzatib bormoqda. O‘z navbatida, germaniyalik mutaxassis ham klubdagi vaziyat og‘irlashgani bois, “Manchester Yunayted”ni qabul qilishga qiziqmoqda.

Joriy mavsum “Manchester Yunayted” uchun omadsiz davom etmoqda. Jamoa barcha kubok musobaqalarini tark etdi. Ralf Rangnik shogirdlari mavsum oxirida Chempionlar ligasi yo‘llanmasidan quruq qolishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!