
Tuxel: Bizga shu o‘yinchi kerak!
“Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel tarkibni kuchaytirish tarafdori. Germaniyalik mutaxassis yozgi transferlar davrida bir necha xaridlarni amalga oshirmoqchi.
Tuxel klub rahbariyatini “Napoli” sardori Lorentso Insineni transfer qilishga ko‘ndirmoqchi. 30 yoshli hujumchining neapolliklar bilan shartnomasi yozda yakunlanadi. Shuning uchun ham Tuxel yanvar oyida Insine bilan kelishib olinishini istayapti.
Agar Lorentso Insine “aristokratlar” safiga qo‘shilishga rozi bo‘lsa, “Chelsi” Angliya futboliga moslasha olmayotgan Timo Verner va Hakim Zieshni sotib yuboradi.
Fikrlar