
Tuxel: Bizga gol urgan “avliyo”ni chaqiringlar!
“Chelsi” yozgi tranferlar vaqtida “Sautgempton” yarim himoyachisi Jeyms Uord-Prouzni transfer qilmoqchi.
“Avliyolar” tarkibidagi ishonchli o‘yinlari orqali 2017 yildan beri Angliya terma jamoasidan chaqiruv olayotgan 26 yoshli futbolchiga shaxsan “aristokratlar” bosh murabbiyi Tomas Tuxel qiziqish bildirmoqda.
Jeyms Uord-Prouz “Sautgempton” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U asosiy tarkibda 16 yoshligida debyut qilgan. Angliyaning turli yoshdagi terma jamoalarida o‘ynagan. Mamlakat bosh jamoasi safida bir juft gol urishga ham erishdi.
Iste’dodli futbolchi joriy mavsumda ettita uchrashuvda ikkita to‘p kiritdi. Gollardan birini aynan “Chelsi” darvozasiga urdi.
Jeyms Uord-Prouz transfer summasi 50 million evro atrofida baholanmoqda.
Fikrlar