
Tuxel Alabani PSJga olib o‘tmoqchi
PSJ bosh murabbiyi Tomas Tuxel "Bavariya" himoyachisi David Alabani o‘z jamoasiga olib kelmoqchi. Bu haqda France Football nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, nemis mutaxassisi avstriyalik futbolchining transferi yuzasidan jamoa sport direktori Leonardoga murojaat qilgan. Ushbu xarid joriy yozgi transferlar davridayoq amalga oshishi mumkin.
Bundan avvalroq, Alaba faoliyatini “Barselona”da davom ettirmoqchi ekanlishi va yiliga 20 mln evro maosh olishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
David Alaba “Bavariya” safida 2009 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan 11 yil davomida myunxenliklar safida 23 ta sovrin yutdi.
Fikrlar