
Tushunarsiz holat! Shomurodov oxirgi uch uchrashuvda necha daqiqa o‘ynaganini bilasizmi?
A Seriyaning 16-turida "Komo" mehmoni bo‘lgan "Roma" mag‘lubiyat bilan uyga qaytadigan bo‘ldi.
Uchrashuvdaning 90+3-daqiqasida Gabrielloni hisobni ochdi, oradan ko‘p o‘tmay Pats farqni ikkitaga oshirib qo‘ydi Shomurodov bu o‘yinni ham zaxiradan tomosha qilib bordi.
Shu tariqa, rimliklar turnir jadvalida 12-o‘ringa tushib ketishdi.
Ta’kidlash kerak, legionerimiz Eldor Shomurodov Raneri qo‘l ostida ketma-ket uchinchi bellashuvda zaxirada qolmoqda. U mazkur uch o‘yinda bir daqiqa ham o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmagan.
Rimliklarning yangi ustozi Klaudio Raneri sof hujumchi bilan o‘ynamayapti va hattoki jamoaning asosiy hujumchisi Artyom Dovbik ham zaxiradan maydonga tushyapti.
Fikrlar