"Turon"ning tayyorgarlik rejasi ma’lum
Yangi mavsumda o‘z oldiga Superligaga chiqish vazifasini qo‘ygan "Turon" jamoasining navbatdagi yig‘ini Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. Klub matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, ertaga, 8 fevral kunidan boshlab jamoaning o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari poytaxtimizga ko‘chadi.
Toshkent yig‘iniga yo‘l olayotgan "Turon" delegatsiyasi tarkibi:
Bosh murabbiy: Anvar Berdiev
Jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy: Vadim Barnich
Yordamchi murabbiy: Azizxon Isomiddinov
Jamoa tarkibi:
Darvozabonlar: Akmal Tursunboev, Nizomiddin Ziyovutdinov, Mirzohidjon Jalilov.
Himoyachilar: Xushnudbek Avilov, Ismoiljon Oxunjonov, Marlen Chobanov, Asliddin Toshtemirov, Abdug‘ani Kamolov, G‘olibbek Sariboev, Siyovush Xabibulloev.
Yarim himoyachilar: Bobur Qosimov, Doniyor Ismoilov, Sardor Abduraimov, Sharif Rahmatov, A’zam Aliev.
Hujumchilar: Asilbek Qayumov, Xumoyun Murtozaev, Rustamxon Azimov, Abdulazizxon Abdurashidov, Aziz Ibragimov, Kim Bo Yong.
Ma’mur: Nozimjon Samatov.
Klub shifokorlari: Gennadiy Cherefanov, Dilshod Ulug‘bekov, Bahodir Xaydarov.
Klub media va matbuot xizmati xodimlari: Bekzod Tolibov, Dilmurod Ergashev, Dilmurod Isaqov.
Klub tarjimoni: Nurullo Subhonov.
Shuningdek, yosh iqtidorli himoyachi Saidafzalxon Ahrorov ayni kunlarda O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi yig‘inlarida ishtirok etayotganligi tufayli jamoa mashg‘ulotlariga 11 fevral kunidan kelib qo‘shiladi.
Toshkent shahrida tashkil etiladigan tayyorgarlik jarayoni 8-16 fevral kunlariga belgilangan. Yig‘in davomida "So‘g‘diyona" (9 fevral) va "Lokomotiv" (16 fevral) klublari bilan nazorat o‘yinlarini o‘tkazish rejalashtirilmoqda.



Fikrlar