"Turon"ning safari qaridi

  • 10 fevral, 2023, 21:03
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Baxtiyor Ashurmatov bosh murabbiyligidagi “Turon” vakillari 27 yanvar sanasidan Turkiya davlatining Antaliya shahrida o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlariga kirishishgandi.

Tecno

Bugun, 10 fevral kunidan mazkur yig‘in yakunlandi va jamoa vakillari maxsus reys bilan erta tongda Toshkent shahriga etib kelishadi. Bu to‘g‘risida klub matbuot xizmati xabar berdi.

Klub vakillari Antaliya shahrida tashkil etilgan yig‘in davomida jami 3 ta o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdilar:

1 fevral, chorshanba

"Turon" (O‘zbekiston) - "Edinstvo UB" (Serbiya) - 1:0

5 fevral, yakshanba

"Turon" (O‘zbekiston) - "Chernomorets Odessa" (Ukraina) - 2:4

8 fevral, chorshanba

"Turon" (O‘zbekiston) - "Aktobe" (Qozog‘iston) - 3:1

Mavsumoldi tayyorgarlikning navbatdagi bosqichi Toshkent shahrida davom ettiriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!