"Turon"ning ikkinchi bosqich yig‘ini yakunlandi. 27 yanvarda Turkiyaga jo‘nab ketadi

  • 23 yanvar, 2023, 23:10
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 4 yanvar kunidan Baxtiyor Ashurmatov bosh murabbiyligidagi "Turon" vakillari klub qarorgohida yig‘ilib, mavsumoldi tayyorgarlikning ikkinchi qismiga kirishishgandi.

Tecno

Kunning ikki qismida tashkil etiladigan tayyorgarlik jarayonida futbolchilarning jismoniy tayyorgarliklarini tiklash va maromida ushlab turish, to‘p bilan ishlash mahoratlarini oshirish mashqlari va fitnes va trenajyor mashg‘ulotlari tashkil etildi.

turon3_2

Rejaga muvofiq, bugundan Yaypan shahrida tashkil etilgan tayyorgarlik jarayonining ikkinchi bosqichi yakuniga etdi va jamoa vakillari kichik ta’tilga chiqishdi.

Mavsumoldi tayyorgarlikning uchinchi qismi 27 yanvar sanasidan Turkiya davlatining Antaliya shahriga ko‘chadi. 10 fevral kuniga qadar davom etadigan ushbu yig‘in mobaynida bir nechta xorij klublari bilan o‘rtoqlik maqomidagi nazorat o‘yinlari ham tashkil etiladi. Bu xususida "Turon" matbuot xizmati xabar berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!