
"Turon"ga "Paxtakor" futbolchisi qo‘shildi
Bir yildayoq Superligani tark etgan “Turon” klubi o‘z qarorgohida pro liganing yangi mavsumi uchun tayyorgarlikni boshladi. O‘z oldiga yana elitaga qaytish vazifasini qo‘ygan klub tarkibni ham shunga yarasha kuchaytirishi lozim.
Olingan ma’lumotlarga qaraganda, ayni paytda “Turon” jamoasining mashg‘ulotlarida bir qator yangi futbolchilar ishtirok etishyapti. Masalan, ularning orasida “Paxtakor”da o‘ynagan himoyachi Marlen Chobanov ham bor.
Shuningdek, "Qo‘qon-1912" jamoasini tark etgan Bobur Akbarovga ham qiziqish bildirilmoqda. Qolaversa, Tojikistonning “Istiqlol” jamoasidan taklif etilgan legioner ham “Turon” mashg‘ulotlarida qatnashyapti. Tez orada tarkibga yana yangi o‘yinchilarning qo‘shilishi kutilmoqda.
Fikrlar