
"Turon" Tojikiston klubini yirik hisobda engdi
Toshkentda shug‘ullanayotgan “Turon” jamoasi bugun Tojikistonning “Xo‘jand” klubiga qarshi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi. Bu xususida “Turon” matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qiziqarli kechgan o‘yinda Baxtiyor Ashurmatov jamoasi 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. E’tiborlisi, barcha gollar ikkinchi bo‘limda kiritildi.
“Turon”ning boshlang‘ich tarkibi: Rahimjon Davronov, Anri Chichinadze, Nikola Kumburovich, Xushnudbek Avilov, Xurshidbek Muxtorov, Quvondiq Ro‘ziev, Azimjon Ahmedov, Zakariya Beglarishvili, Dushan Stoilkovich, Milan Bojovich, Shohnazar Norbekov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Marlen Chobanov, A’zamjon Aliev, Abdulazizxon Abdurashidov, Xumoyun Murtozaev.
“Xo‘jand” tarkibi: Shohruh Kirgizbaev, Firdavs Abdusalimov, Firdavs Chakalov, Abdurahmon Abdulhaqov, Elnur Turg‘unov, Hojiboy Ziyoev, Ehson Boboev, Karamatullo Saidov, Daler Yodgorov, Azizbek Daliev, Jahongir Ergashev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Zuhriddin Mo‘ydinov, Xushnudbek Bozorov, Firdavs Ikrambekov, Rahmatullo O‘ktamov.
Gollar: Xumoyun Murtozaev, 54 (1:0), Xumoyun Murtozaev, 69 (2:0), Dushan Stoilkovich, 78 (3:0).
Fikrlar