"Turon" tarixiy o‘yinda "Paxtakor"dan ochko oldi (video)
Superliganing 7-turida “Turon” o‘z maydonida amaldagi chempion – “Paxtakor”ni qabul qildi.
Yaypandagi bellashuvda kuchlar teng keldi – 1:1. Dastlab, 37-daqiqada Dragan Cheran o‘z goli bilan “sherlar”ni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 48-daqiqada Javohir Sohibov “Turon”ni mag‘lubiyatdan qutqarib qolgan golga mualliflik qildi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:



Fikrlar