"Turon" nega Pro-ligada ishtirok etmasligi ma’lum bo‘ldi

  • 8 fevral, 2024, 21:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘tgan mavsum Superligada ishtirok etgan va 13-o‘rinni egallab, Pro-ligaga ravona bo‘lgan "Turon" moliyaviy sabablar tufayli yangi mavsumda Pro-ligada ishtirok etmasligi ma’lum qildi.

Tecno

"Avval xabar berilganidek, hozirgi kunda klubimiz moliyaviy qiyinchiliklar girdobida bo‘lib turibdi. Mazkur vaziyatda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va Professional futbol ligasi "Turon" jamoamizning kelgusidagi faoliyatini saqlab qolish maqsadida amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirdilar. Shundan kelib chiqib hozirgi kunda klubimiz Farg‘ona viloyati hokimligi va viloyat futbol assotsiatsiyasi qaramog‘iga o‘tkazildi va moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlanishi belgilab olindi.

Yuzaga kelgan mavjud moliyaviy vaziyatdan kelib chiqib "Turon" klubimiz 2024-yilgi mavsumni Birinchi ligada o‘tkazadi. Jamoamiz muxlislari bizni yolg‘izlatib qo‘ymasliklariga, muntazam qo‘llab-quvvatlab borishlariga ishongan xolda kelgusi yillarda klubni avvalgi mavqeyiga qaytarish uchun barcha zaruriy chora-tadbirlar amalga oshirilayotganini ma’lum qilamiz", - deyiladi klub matbuot xizmati tarqatgan xabarda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
ишбобоев жума
08/02/2024 23:38
Нефтчининг каргиши урди.
&
Адхамжон Низомов
08/02/2024 21:54
1 лигада пролигага чикиш учун уйнармиш.Узи пролигадан туширилса.Маблагни урнини килиб про..да юравермайдими?