"Turon" legioneri terma jamoaga chaqirildi

  • 14 mart, 2022, 18:21
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, joriy mavsum avvalida tojikistonlik yosh iqtidorli yarim himoyachi Sharifjon Rahmatov "Turon" safiga qo‘shib olindi. Kuni kecha 19 yoshli futbolchi Tojikiston U-23 terma jamoasining navbatdagi yig‘iniga chaqiruv oldi.

Tecno

Shu yilning 19-31 mart kunlari Tojikiston U-23 terma jamoasi Turkiyaning Antaliya shahrida o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini o‘tkazadi. Mazkur yig‘inda "Turon" jamoasining legioner futbolchisi Sharifjon Rahmatov ham ishtirok etadigan bo‘ldi.

Shuningdek, "Turon" futbol klubi matbuot xizmati Rahmatovni Tojikiston U-23 terma jamoasidagi faoliyatiga omad tiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!