"Turon" klubi muxlislari uchun yangilik!

  • 15 iyun, 2022, 17:54
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2017 yil 5 may sanasida tashkil etilgan "Turon" futbol klubi bugunga qadar ijobiy natija va sovrinlarni qo‘lga kiritdi.

Tecno

Jumladan, "Navro‘z Kubogi" musobaqasi g‘olibi (2018), Farg‘ona viloyati birinchiligi g‘olibi (2018), Pro-liga "V" guruhi va Pro-ligaga o‘tish o‘yinlari g‘olibi (2019), Pro-liga g‘olibi (2020), O‘zbekiston Superligasi ishtirokchisi (2021) kabi yutuqlarga erishildi.

Klubning turli yosh toifasidagi yoshlar jamoalari ham O‘zPFL bayrog‘i ostida o‘tadigan va boshqa musobaqalarda munosib ishtirok etib kelmoqdalar.

turon baza

O‘z oldiga hamisha yuqori maqsadlarni qo‘yib kelayotgan Turon" yana bir samarali yutuq arafasida turibdi. Ertaga, 16 iyun, payshanba kuni klubning Evropa standartlari asosida barpo etilgan yangi zamonaviy qarorgohining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

"Turon" PFK Yaypan shahridagi "O‘zbekiston" o‘yingohi xududida bo‘lib o‘tadigan ochilish marosimiga barcha OAV vakillari va jurnalistlarni taklif etadi. Marosimning boshlanish vaqti soat 10:00ga belgilangan, - deya xabar bermoqda, “Turon” klubi matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!