"Turon" klubi legioneri safdan chiqdi

  • 2 iyun, 2021, 13:19
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Turon" jamoasi tarkibiga Tojikiston terma jamoasi a’zosi Umarjon Sharipov qo‘shib olingan edi. Yarim himoyachi eski jarohati qaytalangani sabab bir yarim oy muddatga safdan chiqdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

- Ayni damda Umarjon Sharipov davolanish kurslarini o‘tamoqda. Umarjonning tezroq sog‘ayib jamoa safiga qo‘shilishiga umid qilib qolamiz, - deyiladi klub xabarida.

photo_2021-06-02_11-21-13

Superliga 9-turidan so‘ng "Turon" 3 ochko bilan 14-o‘rinda bormoqda. Yaypanliklar 3 bor durang qayd etishdi va qolgan bahslarda imkoniyatni boy berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!