
"Turon" gruziyalik hujumkor futbolchi bilan shartnoma imzoladi
"Turon" yana bir transferni amalga oshirdi.
Klub matbuot xizmati Gruziya davlati fuqarosi, hujumkor yarim himoyachi Zakariya Beglarishvili tarkibga qo‘shib olinganini ma’lum qildi. Tomonlar bir yillik rasmiy shartnomaga imzo chekdi.
Beglarishvili faoliyati davomida "Dila", "Ayaks", "Olimpi", "Lokomotiv Tbilisi" kabi nomdor klublar safida maydonga tushgan. Shuningdek, u Gruziya davlatining turli yoshdagi terma jamoalari safida ham o‘ynagan.
Avvalroq, yaypanliklar Nikola Kumburovich transferini e’lon qilgandi.
Fikrlar