
"Turon" bosh direktori: "Ashurmatovning iste’fosi ancha avval qabul qilingandi, rasmiy xabar kechroq e’lon qilindi"
Coca-Cola Superliga 6-turidan o‘rin olgan «Neftchi» – «Turon» (1:1) uchrashuvidan so‘ng Yaypan klubi bosh direktori Abduvahob Ahmadaliev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Jamoada bosh murabbiy o‘zgarayotgani sabab, bugun matbuot anjumanida bevosita o‘zim ishtirok etyapman. Derbiga xos shiddatli uchrashuv guvohi bo‘ldik. Tablodagi hisob adolatli bo‘ldi, deb hisoblayman.
Yangi bosh murabbiy bilan muzokaralar davom etmoqda. Yaqin kunlarda ommaga rasmiy e’lon beriladi. Ashurmatovning iste’fosi haqidagi qaror ancha avval qabul qilingan edi. Rasmiy xabar biroz kechroq e’lon qilindi», – dedi Ahmadaliev.
Fikrlar