Turkmaniston terma jamoasi nega Rossiya bilan o‘ynashdan bosh tordi?

  • 14 oktabr, 2024, 17:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Noyabr oyida Rossiya terma jamoasi Turkmanistonga qarshi o‘yin o‘tkazishi mumkin edi. Biroq, dastlabki kelishuvlarga qaramay, tomonlar o‘yinni o‘tkazish borasida kelisha olishmadi.

Tecno

Sport24 nashrining vaziyatdan xabardor manbasiga tayanib xabar berishicha, Rossiya terma jamoasi ham, Turkmaniston terma jamoasi ham ushbu o‘rtoqlik bahsini o‘z maydonida o‘tkazishni talab qilgan. Aynan shuning uchun ham kelishuvga erishib bo‘lmagan.

Manbaning yozishicha, tomonlar kelajakda ushbu o‘yin bo‘yicha muzokaralarga yana qaytishlari mumkin. Kelishuvga erishilgan taqdirda bahs keyingi FIFA kunlarida o‘tkazilishi mumkin.

Avvalroq, noyabr oyida Rossiya terma jamoasi Bruney va Suriyaga qarshi o‘ynashi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!