
Turkmaniston - O‘zbekiston o‘yinini yaponiyalik hakamlar boshqarib boradi
Milliy terma jamoa o‘yinini boshqarib boradigan hakamlar ma’lum.
O‘zbekiston milliy terma jamoasining JCh-2026 saralash bosqichi doirasidagi Turkmanistonga qarshi uchrashuvini yaponiyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bosh hakam – Hiroyuki Kimura. Unga qanotlarda hamyurtlari Kota Vatanabe va Takumi Takagi yordam beradi. 4-rasmiy hakam vazifasi Hiroki Kasaharaga topshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, mazkur uchrashuv 16 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da "Ashxobod" stadionida start oladi.
Fikrlar