Turkiyalik futbolchi APL klublari nishonida

  • 16 oktabr, 18:38
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" yozda qanot hujumini kuchaytirishni maqsad qilmoqda va "Yuventus" vingeri Kinan Yildiz xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. 

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, "qizil iblislar" 2026 yilning yozida "Yuventus" futbolchisi Kinan Yildizni jamoaga olib kelishni maqsad qilgan. MYu turkiyalik vingerni sotib olish uchun 78 million funt sterlingdan voz kechishga tayyor. 20 yoshli futbolchini APLning yana ikki klubi "Chelsi" va "Arsenal" jamoalari ham sotib olish uchun harakat qiladi. Yildizning "zebralar" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozida o‘z yakuniga etadi.

Eslatib o‘tamiz, vinger joriy mavsumda umumiy 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!