
Turkiya ustozi Ardaning goliga fikr bildirdi
Turkiya terma jamoasi murabbiyi Vinchentso Montella "Evro -2024" doirasida Gruziya ustidan qozonilgan g‘alabasi haqida gapirdi.
"Biz juda xursandmiz. Ayniqsa, bu g‘alaba mening tug‘ilgan kunimga to‘g‘ri kelgani yoqimli bo‘ldi. Bizning g‘alabamiz barcha harakatlarimizning natijasi. Bu g‘alabani birinchi navbatda turk xalqiga bag‘ishlayman. Keyin esa jarohat tufayli Germaniyaga kela olmagan Enes Unal va O‘zan Kabakka bag‘ishlamoqchiman. Muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi bizni yanada kuchli qiladi, biz muxlislarni faollikni tushirmasligini so‘rab qolamiz.
Dastlabki 30 daqiqa tezkor o‘ynadik. Fardi Kardio‘glu uzatmani amalga oshirdi va Mert Myuldur gol urdi. Ikki himoyachimiz yordamida gol urdik. Ardaning goliga kelsak, ta’rifga til ojiz. Kerem Aktyurkoglu esa yakuniy nuqtani qo‘ydi.
Bu g‘alaba hayotimdagi eng yaxshi tug‘ilgan kun sovg‘asi bo‘ldi. Endi esa keyingi o‘yinlarga e’tiborimizni qaratamiz", - dedi Montella.
Eslatib o‘tamiz, Turkiya terma jamoasi "Evro-2024" turniri birinchi turida Gruziyani 3:1 hisobida mag‘lub etdi.
Fikrlar