Turkiya Superligasi. "Rizespor" oxirgi daqiqada urilgan gol evaziga g‘alaba qozondi, Aliqulov to‘liq o‘yin o‘tkazdi

  • 2 dekabr, 2023, 20:15
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turkiya Superligasi 14-turidan o‘rin olgan "Rizespor" - "Istanbul Bashakshehir" o‘yini yakunlandi. Unda mezbonlar 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. 

Tecno

Ahamiyatlisi, maydon egalarining so‘nggi uchinchi goli 90+2-daqiqada kiritildi. Unga Ibrohim Olavoyin mualliflik qildi. 

"Rizespor" safida hamyurtimiz Husniddin Aliqulov asosiy tarkibda maydonga tushdi. U o‘yinni to‘liq o‘tkazdi va jamoasining g‘alabasiga muhim hissa qo‘shdi. 

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda Aliqulov jamoasi 21 ochko bilan 6-pog‘onani band etib turibdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!