
Turkiya Superligasi. "Rizespor" ishonchli hisobda zafar quchdi, Aliqulov o‘yinni o‘tkazib yubordi
Turkiya Superligasi 19-turidan o‘rin olgan "Rizespor" – "Hatayspor" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda mezbonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Maydon egalari safida gollarga Vareshanovich va Olavoyin mualliflik qildi. Mehmonlar esa maydonni golsiz tark etdi.
"Rizespor" safida to‘p tepadigan vakilimiz Husniddin Aliqulov terma jamoa mashg‘ulotlarida bo‘lib turgani bois mazkur o‘yinni o‘tkazib yubordi. Shuningdek, u o‘tgan tur "Qosimposho"ga qarshi bahsda ham kichik jarohat olib, maydonni erta tark etgandi.
Ma’lumot uchun, legionerimiz jamoasi ayni vaqt turnir jadvalida 29 ochko bilan 5-pog‘onani band etib turibdi.
Fikrlar