
Turkiya klublari Superliga turnirida ishtirok etishi mumkin
So‘nggi soatlar ichida Superligaga oid yangiliklar internet olamini egallab oldi. Ayni paytda ushbu turnirga kimlar o‘tishi aniq bo‘lib boryapti.
"Mundo Deportivo" nashri xabar berishicha, Turkiyaning ayrim klublari Superliga loyihasini qo‘llab quvvatlaydi va turnirda ishtirok etish haqida jiddiy o‘ylayapti.
Ma’lumot uchun, hozircha faqat "Barsa" va "Real" ushbu chempionatning rasmiy ishtirokchilari bo‘lib turibdi. Avvalroq, Ispaniyaning ayrim jamoalari taklifni rad qilgani haqida xabar bergandik.
Fikrlar