
Turkiya klubi "Manchester Yunayted" futbolchisini nishonga oldi
"Beshiktosh" so‘nggi kunlarda "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Kazemironi olib kelish haqida o‘ylamoqda, deb xabar bermoqda "Diaro AS" nashri.
Manbaga ko‘ra, Turkiya klubining yangi bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher mazkur transferni shaxsan o‘zi xohlayotganini bildirgan. Braziliyalik futbolchi esa so‘nggi kunlarda "qizil iblislar" safidagi o‘yin amaliyotidan noroziligi sabab, qishki transferlar oynasida jamoasini o‘zgartirish haqida o‘ylamoqda. Agarda yaxshi shartnoma taklif qilinsa, Turkiyaga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Ma’lumot o‘rnida, 32 yoshli havbek bu mavsum 22 ta bellashuvda ishtirok etib, 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Uning "mankuniyaliklar" bilan shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, Transfermarkt portalidagi narxi 12 million evro deb baholanmoqda.
Fikrlar