
Turkiya chempionati to‘xtatildi
Ko‘plab insonlarning hayotiga zomin bo‘lgan kuchli vayronkor zilzila tufayli Turkiya barcha sport musobaqalarini to‘xtatishga qaror qildi.
Bugun dushanba oqshomida Turkiya Superligasida 3 ta o‘yin, jumladan, "Fenerbaxche" - "Galatasaroy" o‘yini bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi. Bu o‘yinlar boshqa vaqtga ko‘chirildi va keyinroq o‘tkazilishi ma’lum qilindi.
Ayni damda Turkiya chempionatida 54 ochko bilan "Galatasaroy" peshqadam hisoblanadi. 2-o‘rinda "Fenerbaxche" esa 9 ochko farq bilan ortda bormoqda. Kuchli uchlikni 40 ochko to‘plagan "Istanbul Bashakshehir" egallab turibdi.
Fikrlar