
Turki Al ash-Sheyx WBA prezidentiga qarshi chiqdi!
Avvalroq, Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) prezidenti Xilberto Mendosa 15 raundlik janglar qaytishi mumkinligi aytgandi. Biroq Turki Al ash-Sheyx bunga norozilik bildirdi.
“15 raundlik janglar bokschilarning sog‘lig‘i uchun zararli va men hech qachon bu qoidani qaytirish fikrini qo‘llab-quvvatlamayman. Menimcha, 12 raundlik bahslarning o‘zi ham charm qo‘lqop ustalariga katta xavf tug‘diradi" - deya Al ash-Sheyx so‘zlarini keltirdi "The Ring".
Eslatib o‘tamiz, chempionat o‘yinlari 1987 yilgacha 15 raundlik formatda o‘tkazilgan.
Fikrlar