Turk serialida rol ijro etgan jangchimiz yoxud Turkiya oktagonlarini zabt etayotgan o‘zbek o‘g‘loni!

CHERY AUTO

Ma’lumki, bir necha yillardan buyon aralash jang san’ati bo‘yicha faoliyat yuritayotgan ko‘plab yurtdoshlarimiz horijda o‘z janglarini o‘tkazib kelayotgan edi. Shukrki, endi bemalol o‘z yurtimizda ham rasmiy tarzda turnirlarda ishtirok etilishiga, bu borada ularni qo‘llab-quvvatlab, haq-huquqlarini himoya qila oladigan tashkilotga asos solindi. Ya’ni O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi tashkil etilganligini nazarda tutayotganligimni anglayotgan bo‘lsangiz kerak.

Tecno

photo_2019-11-26_09-37-48_1

Odatda, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Chexiya va AQShning turli xil promoushenlarda o‘z janglarini o‘tkazayotgan vatandoshlarimiz talaygina topiladi. Ularning janglari, promoushenlari va umuman olganda faoliyati borasida ko‘plab ma’lumotlarga egamiz. Lekin yana bir yurtdoshimiz borki, u ayni vaqtda Turkiyada mashhurlik zinasidan asta-sekin yuqorilab bormoqda. Humoyun Ibragimov haqida eshitganingiz bordir... Ammo, u qanday yo‘lni bosib o‘tganligi, turk zaminidagi sarguzashtlari borasida esa, biz ushbu suhbatimiz orqali biroz bo‘lsada sizlarga ma’lumot berib o‘tishni lozim topdik. Har bir jangida o‘zbek do‘ppisini boshida, bayrog‘imizni esa qo‘lida sarbaland ko‘tarib chiqadigan ushbu jangchimizning niyatlari jiddiy!


Quyida ushbu intervyuni e’tiboringizga havola etamiz.

- Humoyun hush kelibsiz! Taklifimizni ijobiy qabul qilganingiz uchun raxmat.
- Assalomu alaykum. Faoliyatimga befarq emasliklaringiz, qolaversa, taklif uchun o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

- Keling, biroz o‘zingiz haqingizdagi ma’lumotlar bilan boshlasak?

- 1994 yil 28 avgustda Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida tavallud topganman.

- Baribir, qaysi sport turi siz uchun asos bo‘lganligini ham qiziq...

- Dastlab karate bilan shug‘ullanganman.

-Qaysi yo‘nalishi bo‘yicha?

Kiokushinkay.

- “Parter”dagi harakatlaringiz boshqa sport turlari bilan ham mukammal shug‘ullanganligingizni ko‘rsatib turibdi?

- To‘g‘ri, karate va taekvondo GTF sir-asrorlarini Oqqo‘rg‘onda o‘rganganman. Keyinchalik Toshkent shahrida Rashid Akalbaev qo‘l ostida kikboksing bilan shug‘ullanganman.

- Karate, taekvondo va kikboksing... “Parter”ga bog‘liqlik joyini ko‘rmayapman?

-  ???? Darvoqea, Turkiyaga borgandan so‘ng, jui jitsudan jiddiy saboq oldim. Hozirda ushbu yo‘nalish bo‘yicha ko‘k belbog‘ soxibiman.

photo_2019-11-26_09-53-47

- Turkiya varianti qanday paydo bo‘ldi?

- Bir qator do‘stlarim u erda ishlashar edi. Ular chaqirishgan.

- Demak, ishlash uchun borgansiz?

- Yo‘q. Sportdagi faoliyatimni rivojlantirish uchun. Ya’ni yurtimizda MMA ga ruxsat yo‘q ekanligi uchun shu yo‘lni tanlagan edim.

- Baribir muqim o‘rnashib olish uchun moliyaviy tomonlama ko‘mak kerak bo‘ladi. Bu borada do‘stlaringiz yordam berdimi?

- Albatta, do‘stlarim suyanch vazifasini o‘tashdi. Qolaversa, borishim bilan sportga o‘zimni urmadim. Ishladim, moslashish jarayonlari, moliyaviy imkoniyatimni yaxshilash barobarida, mashg‘ulotlarni ham kanda qilmadim. O‘zimni bemalol ta’minlay olishimga ishonchim komil bo‘lganidan so‘ng, janglarimni o‘tkaza boshladim.

photo_2019-11-26_09-54-45

Agar, sir bo‘lmasa, pul topish uchun qanday soxalarda ishladingiz?

- Exxe, juda ko‘p. Qanday ish bo‘lsa qilaverdim. Mashina yuvish deysizmi, ofitsiantlikmi, xullas mexnatdan qochmadim. Shukrki, barchasi yaxshi bo‘ldi.

- Niyat faqat MMA da o‘z o‘rningizni topish va natija ko‘rsatish bo‘lgan, to‘g‘rimi?

Shubhasiz!

- Unda Rossiya varinti qulayroq emasmidi. Chunki Turkiyada ham bu yo‘nalish yaxshi rivojlanmagan, ruslarda esa kuchli promoushenlar mavjud?

- To‘g‘ri, lekin rivojlanish bosqichida. Moliyaviy imkoniyatlari ham yaxshi. Qolaversa, turizm yaxshi rivojlangan. Ko‘plab mashhurlar tashrif buyurishadi.

- Rossiyada Absolute Championship Akhmat , Fight Nights Global, M-1 Global, RCC Boxing Promotions, GFC kabi promoushenlar orqali nufuzli Bellator va  UFC lar e’tiboriga tushish oson bo‘ladi. Qolaversa, ko‘plab muxlislar auditoriyasi kuzatardi?

- Ehtimol to‘g‘ridir. Shaxsan men Turkiya yaxshi “tramplin” vazifasini o‘tab beradi deb o‘ylayman. Ayniqsa, “ONE Championship” ni ushbu yurtdagi promoushenlar o‘tkazadigan turnirlarga e’tibori yuqori. Bir qator Turkiyada faoliyat yuritgan jangchilar hozirda ushbu “ONE Championship” turnirlarida ishtirok etadi.

photo_2019-11-26_09-54-48

- Oxo ajoyib... Unda o‘zingiz ta’rifini keltirgan Turkiyadagi ushbu promoushenlarni sanab bering?

- “King Of warriors”, “Strike fighting championship”, “Legend fighting league”, “We Love MMA”

- Siz qay birida o‘z janglaringizni o‘tkazasiz va qaysi vazn toifasida?

- 70.3 kg vazn va“Strike fighting championship”, “Legend fighting league”da.

- Bir vaqtda turli xil promoushenlar musobaqasida ishtirok etishingiz mumkinmi?

- Albatta. Kelishgan holatda.

- Nechta jang o‘tkazganligingizni ham aytib o‘tsangiz?

- Professional tarzda to‘rtta jang o‘tkazdim. Ularning barchasini yaratganni inoyati bilan muddatdan avval g‘alaba bilan yakunladim. Uchtasini birinchi raundda, bittasini ikkinchi raundda mag‘lubiyatga uchratdim.

- Demak, u erda havaskor turnirlarda ham ishtirok etgansiz?

- Albatta.

photo_2019-11-26_09-49-31

- Umuman turkiyalik murabbiylar e’tiboriga qay tarzda tushib qoldingiz. Ya’ni, musobaqalarga o‘z-o‘zidan qatnashishning imkoni yo‘qku?

- To‘g‘ri, men murabbiyim Murat Kazganning oldiga borib, sinab ko‘rishni iltimos qilganman. Harakatlarim yoqib qolib, men bilan jiddiy ravishda shug‘ullana boshladi.

Yanglishmasam Turkiyada ham MMA ga rasman ruxsat berganligiga ko‘p bo‘lmadi. Bu borada ma’lumot bera olasizmi?

- Albatta. 2005 yildan rivojlana boshlagan. Ayniqsa, Gekxan Saki UFC da o‘z janglarini o‘tkaza boshlagandan keyin ommaviyligi yanada oshib ketdi. Qudratli kompaniyalar pul tika boshladi.

- Qaysi kompaniyalar?

- Umumiy tarzda aytaman. Qurilish borasidagi mega tashkilotlar va televideniya.

- Turkiyada sizni boshqa nom bilan atashlariga guvoh bo‘ldim?

- ???? Ha, balki Humoyunni aytishga qiynalishar. Emir deb atashadi. Ya’ni, buyuk sohibqiron bobomiz sharafiga Amir Temur avlodi deyishadi.

photo_2019-11-26_09-49-29

- Jangga chiqish va yakunda boshingizda  do‘ppimiz va qo‘lingizda bayrog‘imizni ko‘tarib yurishni kanda qilmaysiz. O‘zbek ashulalari ostida ham oktagonga chiqib kelishni rejalashtirayapsizmi?
 
-
Bir marotaba "Medirman o‘sha" qo‘shig‘i bilan chiqdim. So‘ngi jangimda, muxtaram prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev hamda Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an so‘zlari ostida chiqib keldim. Bu menga o‘ziga xos motivatsiya beradi.

- Avgustdagi jangingiz yakunida bo‘lajak raqibingiz Jalol Hasani oktagonga chiqib keldi va u bilan janjalli holat yuzaga kelgandi. Aslida bunga sabab nima edi?

-  Bu avvalroq yuzaga kelgandi. Men unga bir necha bor jang qilishni taklif qilganman. U bo‘lsa bu to‘qnashuvdan qochdi. Lekin “Qo‘rqoq oldin musht ko‘tarar” qabilida men bu jangdan qochayotganimni yozdi. O‘sha jangimda ya’ni Botuxan Akduman bilan uchinchi jangimdan avval, kiyinish xonasiga kirib, ruhiy bosim o‘tkazishga harakat qilib ko‘rdi. Keyin, avvalgi jangimdan so‘ng, bevosita oktagondagi ko‘z urishtirish marosimida meni turtib yuborgandi. Botuxonni mag‘lubiyatga uchratganimdan keyin so‘z olib, menga ushbu bahsni tashkillashtirib berishlarini, charchamaganimni, hozir urishishga ham tayyor ekanligimni aytdim. Shundan keyin u oktagonga chiqib keldi va o‘ziga tegishli “nasibasini” oldi.

photo_2019-11-26_09-49-49

- Nimaga ushbu ozarbayjonlik raqibingiz bilan printsipial qarama-qarshilik yuzaga kelgan?

- Shunchaki, men hozir o‘z vaznimda reyting etakchisiman. Hozircha chempion yo‘q. U bilan ushbu titul uchun jang o‘tkazishimiz kerak. Shuning uchun, shunday vaziyat yuzaga kelgan. Aslida, avval menda xech qanday xusumat bo‘lmagan. U buni yuzaga keltirdi.

- U haqidagi g‘azab bilan gapirishingizga qaraganda oktagonda qulatib, zarbalar berganizdan afsuslanmaysiz?

- Aslo, yana shunday voqea yuzaga kelsa, undan battar qilgan bo‘lardim.


- Aytingchi, Turkiyada har ikkingizni ko‘zga ko‘ringan jangchi sifatida bilishadi. Aslida, turk zaminida qay biringlar ko‘proq muxlisga egasizlar?

- Shubhasiz, Humoyun Ibragimovni muxlislari ko‘p. ????

- Bunga qanday misol keltirishingiz mumkin?

- Shunchaki qarsaklar, olqishlar ham yaqqol misol bo‘la oladi.

- Turk seriallari yurtimizda mashhur bo‘lib bormoqda. Bosh rol qahramonlari ham.. Turk shou-biznes olamida tanishlaringiz bormi?

- Ko‘pchiligini taniyman. Lekin yaqin munosabatga ega emasman. Qizig‘i, “Seni Kimler Aldı” serialidagi epizodda ishtirok etganman.

- Sportchi sifatidami?

- Yo‘q. Ofitsiant bo‘lib. Sportchi bo‘lib boshqa serialda ishtirok etishimni ham so‘rashgan, lekin rad etganman. Chunki, janglarga hozirlik ko‘rayotgandim. Syomkalar esa ko‘p vaqt olishi barchaga ma’lum. Qolaversa, meni niyatim faqat sport bilan bog‘liq.

[ev

- O‘zbek MMA olami vakillaridan kimlar bilan  o‘zaro fikr almashib turasiz?

- Nursulton Ro‘ziboev, Mahmud Murodovlar bilan do‘stona munosabatga egaman. Umuman barchasi bilan yaxshi aloqadaman.

- Jahon MMA olamida kimga taqlid qilasiz yoki uslublaringiz kimnikiga o‘xshab ketadi degan fikrdasiz?

- Birortasiga taqlid qilmayman. Lekin aksariyatining yaxshi jihatlarini olib, o‘zimda mujassamlashtirishga harakat qilaman. O‘xshashlik borasida esa, Israel Adesanyanini aytishim mumkin.

- Mana Toshkentda GFC turniri o‘tkazildi. Rasman assotsiatsiya tuzildi. Endi faoliyatingizni shu erda olib borasizmi?

- Albatta, bundan juda xursand bo‘ldim. Bu turnir bo‘lishini ham bilardim. Lekin 15 noyabr kuni jangim bo‘lganligi sababli bu turnirda qatnashish imkoniyati yo‘q edi. Kuni kecha O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi rahbari Otabek aka Umarov bilan gaplashdim. U inson navbatdagi turnirlarda ishtirok etishimni aytdi. O‘z o‘rnida ishonch bildirayotganligi uchun katta raxmat aytmoqchiman.

- Baribir suhbat yakunida kelajak rejalar bilan o‘rtoqlashish an’anaga aylangan...

- Bosh maqsadim, vatanim sha’nini munosib himoya qilish, qolaversa, yurtimizda o‘z janglarimni o‘tkazishdir. Qolaversa, o‘zim tug‘ilib-o‘sgan Oqqo‘rg‘on tumanida o‘zimning shaxsiy klubim va sport majmuamni ochmoqchiman.

- Mazmunli suhbatingiz uchun raxmat. Barcha orzularingiz amalga oshishiga tilakdoshmiz!

- Raxmat!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Абдулбосит
27/11/2019 12:06
Ассалому алайкум хайрли кун бу спортчи хакида коп яхши гапла эшитвомиза ютукла хаваскорла ва проф ортасида болгани бн жангларини кузатдик профиссионал тарзда жанг отказвоттила харакатлари тез ва озига болган ишонч билан килинган харакатлари бизани кейнги жанг качон болиши хакида кизикишимизага олиб келди Ин Шаа Аллох кузатиб борвомиза якин кунлада яна ютукларга эришишларига тилакдошмиз юртимиз байрогини озга юртларда баланд котарганликлари учун Хумоюн Ибрагимовга чукур хурмат бн миннатдорчилик билдирамиза!
Аллох хивзу химоясида сакласин