
Turg‘unboev to‘liq o‘ynagan o‘yinda "Sivasspor" yirik hisobda g‘alaba qozondi
Turkiya chempionati 27-turidan o‘rin olgan "Sivasspor" va "Pendikspor" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur bellashuvda maydon egalari yirik 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Legionerimiz Aziz Turg‘unboev bellashuvni asosiy tarkibda boshladi va to‘liq harakat qildi.
Ma’lumot uchun, Aziz o‘ynayotgan "Sivasspor" mazkur g‘alabadan keyin turnir jadvalida 37 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar