Tudor: "Biz kuchli xarakter ko‘rsatdik"

  • 1 sentabr, 02:20
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

A Seriyaning 2-turida "Yuventus" safarda "Jenoa"ni Dushan Vlaxovichning goli hisobiga mag‘lub etdi (1:0). O‘yindan so‘ng turinliklar bosh murabbiyi Igor Tudor jamoasi g‘alabasini izohladi:

Tecno

"Barcha almashtirishlar omadli chiqdi. Dushanning ahvoli yaxshi va men bundan xursandman. Murabbiyga doim kuchli futbolchilar kerak bo‘ladi, transfer masalalarini esa rahbariyat hal qiladi. Oxirgi kun, nima bo‘lishini ko‘ramiz.

Biz jiddiy raqibga qarshi o‘ynayotganimizni yaxshi bilardik. Safarda bunchalik imkoniyat yaratish oson emas. Bu — munosib g‘alaba. Jamoa baquvvat va diqqatli bo‘ldi, bu menga yoqdi".

97-daqiqada "Jenoa"ning burchakdan keyin ustunga tekkan zarbasi haqida Tudor qo‘shimcha qildi:

"Futbolda oxirigacha diqqatni yo‘qotmaslik kerak. Biz juda yaxshi o‘ynadik va kuchli xarakter ko‘rsatdik", - deya ta’rif berib o‘tdi turinliklar mutaxassisi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!