
TsSKAni “qora an’ana”dan qutqargan Fayzullaev nimalar dedi?
Rossiya Premer-ligasining o‘n birinchi turida markaziy uchrashuv Moskva klublari – “Dinamo” va TsSKA o‘rtasida bo‘ldi.
Uchrashuv derbiga mos tarzda keskin kurashlar, o‘tkir hujumlar, qizg‘in vaziyatlarga boy bo‘ldi.
Birinchi bo‘lim qahramoni shubhasiz Abbosbek Fayzullaev bo‘ldi. Legionerimiz jamoadoshlariga xavfli hujumlar yaratib berish barobarida o‘zi hav darvozaga zarbalar yo‘lladi.
Bahsning 17-daqiqasida Fayzullaev bungacha bir necha zarbalarni bartaraf etgan “Dinamo” darvozaboni Andrey Lunyovning nozik nuqtasini topa oldi. Abbosning uzoq masofadan yo‘llagan aniq zarbasini raqib posboni qaytara olmadi.
Garchi mezbonlar ikkinchi bo‘limda hisobni tenglashtirishni uddalagan bo‘lsa-da, TsSKa o‘yin oxiriga borib g‘alabani ilib ketdi. Zaxiradan maydonga tushgan Tamerlan Musaev darvozabonning Abbosbek Fayzullaev topgan nozik burchagiga g‘alaba to‘pini joyladi.
Uchrashuvdan keyin o‘yin qahramonlaridan biri bo‘lgan Fayzullaev o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.
- O‘yin juda qiziqarli bo‘ldi. Har ikki jamoa oxirigacha kurashdi. Bellashuvd juda ko‘p xavfli vaziyatlar yaratildi.
Ikkinchi bo‘limda biz o‘yin sxemasini o‘zgartirib, ikkita hujumchi bilan o‘ynay boshladik. Bu o‘z samarasini berdim. Menimcha, o‘yinimiz yaxshi chiqyapti, - dedi Abbosbek Fayzullaev.
Bellashuvdan keyin TsSKA himoyachisi Danil Krugovoy ham o‘z munosabatini bildirdi.
- Ko‘plab qulay vaziyatlardan foydalana olmaganingda ikki xil hissiyot yozaga keladi. Birinchidan, bu yoqimsiz holat. Ikkinchidan, yana qulay vaziyatlarni yuzaga keltirishing mumkinligini bilasan.
Birinchi bo‘limda 2:0 yoki 3:0 hisobida oldinga chiqib olishimiz mumkin edi. To‘g‘risini aytsam, negadir Guarirapaning o‘yini qovushmayapti. U uchinchi marotaba darvozaga zarba bergan holatda, to‘pni bo‘sh turgan Abbosbek Fayzullaevga oshirishi kerak edi.
Mayli endi buning ahamiyati yo‘q, asosiysi, g‘alaba qozonib, muxlislarni xursand qildik, - dedi Danil Krugovoy.
Ta’kidlash lozimki, bu g‘alaba “armiyachilar” uchun tarixiy ahamiyat kasb etdi. TsSKA futbolchilari 2018 yili ochilgan “VTB-Arena”da umuman g‘alaba qozona olmay kelayotgan edi. Bu ushbu stadiondagi birinchi g‘alaba sifatida qayd etildi.
Umuman olganda esa, “armiyachilar” raqib maydonida o‘tkazilgan bellashuvlarda oxirgi marotaba 2015 yili 4 oktyabrida zafar quchgan. Keyingi o‘yinlarda “Dinamo” futbolchilari “armiyachilar”dan ochko olib kelayotgan edi. Shunday qilib, Abbosbek o‘z goli bilan TsSKAning to‘qqiz yillik “qora an’anasi”ga chek qo‘yishni boshlab berdi.
Abbosbek Fayzullaev joriy mavsumda Rossiya Premer-ligasida to‘qqizta uchrashuvda ikkitadan gol va assist muallifi bo‘ldi. Mamlakat kubogida esa to‘rtta o‘yinda jamoadoshlarini uch marotaba golli pas bilan ta’minlagan.
Husanov qarshisida Frantsiya hujumchilari titraydigan bo‘lib qoldi...
Fayzullaev super goli bilan “qora an’anaga” chek qo‘ydi va tarixni o‘zgartirib yubordi...
Husanovni Evropada tan olishdi!
Shomurodovga yangi shartnoma taklif qilayotgan “Roma”da kutilmagan voqealar avj olmoqda!
Fikrlar