
TsSKA "Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisini jamoaga taklif qilmoqchi
TsSKA klubi bosh direktori Roman Babaev 18 may kuni bo‘lib o‘tadigan gala-uchrashuv haqida va unga taklif etilgan yulduzlar ro‘yxati xususida fikr bildirdi.
Mazkur o‘yin TsSKAning 2005 yilda UEFA kubogida qozongan tarixi g‘alabasiga 20 yil to‘lishi munosabati bilan tashkil etilyapti. Shu munosabat bilan muxlislar orasida sobiq "Manchester Yunayted" va "Sporting" vingeri Nani Rossiyaga kelishi mumkinligi haqida savollar paydo bo‘ldi.
— Hozirda biz ko‘rib chiqayotgan keng ro‘yxat bor va Nani ham unda mavjud. Lekin biz muxlislar va matbuotni adashtirmaslik uchun faqat aniq kafolatlar bo‘lganda, ya’ni barcha kelishuvlar va chiptalar hal bo‘lganida, futbolchilarning kelishini rasman e’lon qilamiz, – dedi Babaev.
— Demak, Nani bilan aloqada bo‘lgansizlar?
— Ha, – deb tasdiqladi TsSKA bosh direktori.
Eslatib o‘tamiz, Nani 2005 yilda TsSKAga 1:3 hisobida yutqazgan "Sporting" jamoasi a’zosi bo‘lgan. O‘shanda rossiyaliklar UEFA kubogini qo‘lga kiritgan edi.
Fikrlar