Tripper premer-ligadan faqat "Byornli"ga o‘tishi mumkinligini aytdi
Angliya terma jamoasi a’zosi o‘zining Madriddagi hayotidan mamnun va qachondir ketishiga to‘g‘ri kelsa, albatta "Byornli"ga borishini aytdi:
"Men lankashirliklar safida faoliyatimni yakunlashni istayman. Rejalarim bo‘yicha voqealar shunday davom etishi kerak. Shon Daych bilan do‘stona aloqalarimiz saqlanib qolgan. Uning qo‘l ostida o‘ynashdan xursand bo‘lardim.
Madridda imkonim boricha uzoqroq va yuqori darajada o‘ynashga harakat qilaman. Ammo vaqt o‘z ta’sirini o‘tkazishi tabiiy. "Atletiko"da yana ikki mavsum o‘ynasam, 32 yoshda bo‘laman. "Byornli" faoliyatimni yakunlashim uchun eng yaxshi joy", - dedi Tripper.
Ma’lumot uchun, Kiran 2011-2015 yillar mobaynida burgundiyaliklar sharafini himoya qilgan.



Fikrlar