Transfer siri yoxud “Barselona” Messi o‘rniga ikki superyulduzdan biri oladi

  • 27 noyabr, 2020, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” 2018 yilda “Liverpul”dan Filippe Koutinoni transfer qilganida shartnomaga kataloniyaliklar uchun noqulay bo‘lgan band kiritilgani fosh bo‘ldi.

Tecno

Unga ko‘ra, “Barselona” keyingi uch yilda “Liverpul”dan biror o‘yinchini oladigan bo‘lsa, hg‘ar qanday kelishuv uchun 89 million funt miqdorida ustama to‘lashi belgilab qo‘yilgan.

Endi 2021 yilning yozida bu talab o‘z kuchini yo‘qotadi.  Shu tariqa, Lionel Messini Kataloniyada qolishga ko‘ndira olmayotgan “Barsa” xo‘jayinlari kelasi yozda o‘zlari mo‘ljallab yurgan “Liverpul” yulduzlarini transfer qilish imkoniga ega bo‘ladi.

Kataloniyaliklar “Liverpul”dan ketmoqchi bo‘lib yurgan Muhammad Saloh yoki Sadio Maneni o‘z tarkibiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!